Toshkentda Polsha investitsiyalar va savdo agentligi vakolatxonasi ochiladi

Agentlik respublikada Polsha kompaniyalari loyihalarini kengaytirishni qo'llab-quvvatlaydi

Toshkentda Polsha investitsiyalar va savdo agentligi vakolatxonasi ochiladi

Polsha investitsiyalar va savdo agentligi (Polska Agencja Inwestycji i Handlu — PAIH) O’zbekistonda o’z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Dunyo» xabar bermoqda.

O’zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayevning Polsha investitsiyalar va savdo agentligi prezidenti Andjey Dixa bilan uchrashuvida savdo-iqtisodiy sohada ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O’zbekistonda Polsha kapitali ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Polsha investitsiya va savdo agentligi, Polsha taraqqiyot jamg’armasi (PFR) guruhining bir qismi bo’lib, xalqaro bozorlarda eksportchilar va investorlar uchun birinchi aloqasi bo’lib xizmat qiladi. Polsha tadbirkorligini rivojlantirish va targ’ib qilish bo’yicha bepul maslahatlar beradi.

Agentlikning asosiy maqsadi Polshaga to’g’ridan–to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirish va Polsha kompaniyalarini global darajada qo’llab-quvvatlashdir. Agentlikning Polshada ham, chet ellarda ham 56 ta vakolatxonasi mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM