O‘zbekiston va Vetnam vizasiz tartib joriy qilishni rejalashtirmoqda

Davlat vakillari, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur tayyorlashga kelishib olishdi

O‘zbekiston va Vetnam vizasiz tartib joriy qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida delegatsiya rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vetnam Kommunistik partiyasi bosh kotibi To Lam, prezidenti Luong Kuong va bosh vaziri Fam Min Tinning salomini yetkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi qayd etildi. Joriy yilda Xanoy shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar yangi loyihalarni ilgari surish uchun energetika, geologiya, neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur tayyorlashga kelishib oldi.

Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, jumladan, vizasiz tartibni joriy qilish orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma tashabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga ahdlashib olindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi