O‘zbekiston va Bahrayn diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etdi

Ikki mamlakat tashqi ishlar vaziri bu haqdagi bitimni imzoladi

O‘zbekiston va Bahrayn diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etdi

O‘zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari Diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Manamaga rasmiy tashrifi doirasida Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan uchrashdi. Uchrashuvda diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangan.

Hamkorligimiz zamirida yotgan do‘stlik va o‘zaro hurmat ruhini yuksak qadrlaymiz. Bugungi muhokamalarimizga asoslanib, umumiy g‘oyalarimizni har ikki mamlakatimiz manfaatiga xizmat qiladigan aniq tashabbuslarga aylantirishni intiqlik bilan kutamiz, deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Iyun oyidan boshlab O‘zbekistonda Bahrayn Qirolligi, Quvayt Davlati va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilangandi. Bunda sayyohlar mamlakat hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatda qolishlariga ruxsat berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Bank OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi
/
TBC Bank OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi
Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklar qancha dam olishi ma’lum bo‘ldi
/
Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklar qancha dam olishi ma’lum bo‘ldi
Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish haqida nizom tasdiqlandi
/
Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish haqida nizom tasdiqlandi