“O‘zbekiston-BAA” investitsiya kompaniyasi O‘zbeskitonda $192,5 mlnlik 7 ta loyihani amalga oshiradi

Shuningdek, yana $140 mlnlik 9 ta loyiha ishlab chiqilmoqda

“O‘zbekiston-BAA” investitsiya kompaniyasi O‘zbeskitonda $192,5 mlnlik 7 ta loyihani amalga oshiradi

“O‘zbekiston-BAA” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi. Uning investitsiya portfeli bugunga kelib tibbiyot, geologiya, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida umumiy qiymati $192,5 mln bo‘lgan 7 ta loyihani tashkil etmoqda. Bu haqda Prezident matbout xizmati ma’lum qildi

Investitsiya kompaniyasi tomonidan $140 mlnlik 9 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.

13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi arafasida Abu Dabi shahrida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda 15 ta kelishuv, xususan, “AMEA Power”, “Masdar”, “Solar Power Shine”, “M42”, “Burjeel” Holdings”, “IFFCO Group”, “TWS”, “Alserkal Group”, “Metito”, “AD Ports”, “Jetex”, “Emirates Group” va boshqa kompaniyalar bilan energetika, sog’liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, suv taʼminoti, transport, logistika sohalarida investitsiya bitimlari va shartnomalar imzolandi.

Matbout xizmati xabariga ko‘ra, 2021-yildan buyon BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi yiliga o‘rtacha 20% dan ko‘proqqa oshib bormoqda va 2024-yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 650 mlnga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokidagi 337 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 114 tasi qo‘shma korxona va 223 tasi 100% xorijiy korxonalardir. 2023-yilda O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga $1,08 mlrd, 2024-yilda esa $1,5 mlrddan ortiq BAA investitsiyalari o‘zlashtirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yo‘lreftrans” fond birjasida listingdan o‘tdi
/
“Yo‘lreftrans” fond birjasida listingdan o‘tdi
O‘zbekistonda ikki kunlik o’sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi
/
O‘zbekistonda ikki kunlik o’sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi
2025-yilda Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelinadi
/
2025-yilda Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelinadi