Omonatchilarning banklardagi mablag‘lari 200 mln so‘mgacha to‘liq himoya qilinadi

Bunda Omonatlarni kafolatlash agentligi mijozlarga kompensatsiya to‘lab beradi

Omonatchilarning banklardagi mablag‘lari 200 mln so‘mgacha to‘liq himoya qilinadi

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, kafolatlash hodisasi ro‘y berganda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan  bir omonatchiga har bir bankda kafolatlash obyektining qoldig‘i 200 mln so‘m miqdorida yoki undan kam bo‘lsa to‘liq hajmda kompensatsiya to‘lanishi belgilab qo‘yilmoqda.

Bank tugatilganda omonatchilarga Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish davri bosqichma-bosqich 7 ish kunigacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda. Jumladan, bank tugatilganda kompensatsiya to‘lovi 2025-yil 1-yanvardan boshlab 20 ish kuni, 2026-yil 1-yanvardan 15 ish kuni, 2027-yil 1-yanvardan 7 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Kompensatsiya to‘lash va omonatlarni himoya qilish ishlari Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“SpaceX” IPO orqali $80 mlrdgacha mablag‘ jalb qilishi kutilmoqda
/
“SpaceX” IPO orqali $80 mlrdgacha mablag‘ jalb qilishi kutilmoqda
Senat O‘zbekistonning BRIKS Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shilishini ma’qulladi
/
Senat O‘zbekistonning BRIKS Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shilishini ma’qulladi
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavot importiga ruxsat berdi
/
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavot importiga ruxsat berdi