O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari salkam $300 mlnga kamaydi

Oltinning jismoniy hajmi 12,3 mln troy untsiyani tashkil etdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari salkam $300 mlnga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb $300 mlnga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilgan

O‘tgan yilning dekabr oyida zaxiralar $41,4 mlrdni tashkil etgan bo‘lsa, yanvar holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich $41,1 mlrdga tushgan.

Oltinning jismoniy hajmi 12,3 mln troy unsiyasiga teng bo‘lib, uning qiymati $32 mlrdga baholanmoqda. 

Valyuta zaxiralari esa $8,5 mlrdni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy kamaymoqda.

Avvalroq, “Kapital.uz” O‘zbekiston 2024-yilda dunyoning eng yirik oltin xaridorlari orasida yetakchi bo‘lgani va noyabr oyida 9 tonna oltin sotib olgani haqida yozgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi