Dunyo bozorida oltinning birjadagi narxi ilk bor $3000 dan oshdi

Bunga xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talabning ortishi va savdo cheklovlari sabab bo‘ldi

Dunyo bozorida oltinning birjadagi narxi ilk bor $3000 dan oshdi

Dunyo bozorida oltin narxi yana tarixiy rekordni yangiladi. Chikago tovar birjasidagi (CME) aprel fyucherslari unsiya uchun $3 001,62 gacha qimmatlashdi. Birja narxi ilk bor $3000 chegarasidan oshdi. 

Narxlarning o‘sishiga jahon bo‘ylab xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talabning ortishi va savdo keskinligining kuchayishi sabab bo‘ldi. Xususan, AQSh prezidenti Donald Tramp ayrim metallar uchun boj joriy qildi.

Bundan tashqari, investorlari AQSh iqtisodiyoti istiqbollari va Federal rezerv stavkalari bo‘yicha yangi inflyatsiya ma’lumotlarini qayta baholadi, deb yozadi Bloomberg.

Trampning AQShga po‘lat va alyuminiy importiga boj joriy etishi chorshanba kuni kuchga kirdi. Bu eksportga bog‘liq Osiyo davlatlarida xavotir uyg‘otdi va Yevropa Ittifoqi hamda Kanadaning zudlik bilan javob choralarini ko‘rishiga sabab bo‘ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
/
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘smoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘smoqda
Dastlabki ikki oyda 104 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini oldi
/
Dastlabki ikki oyda 104 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini oldi