Dastlabki ikki oyda 104 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini oldi

Biznes-rejalarga ko‘ra, yangi rezidentlarning eksporti yiliga $30 mlndan oshadi

Dastlabki ikki oyda 104 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini oldi

2025-yilning dastlabki ikki oyida IT-Park Uzbekistan IT va xizmatlarni eksport qilishga ixtisoslashgan 104 nafar yangi rezident bilan to‘ldirildi.

Ulardan 60 ta kompaniya xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan bo‘lsa, ta’sischi davlatlar orasida AQSH, Fransiya, Malayziya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Gruziya, Latviya, BAA va boshqalar bor.

Ishning birinchi yilida yangi rezidentlar 2,4 mingdan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyalar IT-sanoatining turli yo‘nalishlarini qamrab oladi:

  • BPO va servis xizmatlari — 40 ta kompaniya;
  • IT-xizmatlar — 38 ta kompaniya;
  • IT-mahsulotlarni ishlab chiqish — 23 ta kompaniya;
  • kreativ sektor — 3 ta kompaniya.

Taqdim etilgan biznes-rejalarga ko‘ra, yangi rezidentlarning birinchi yildagi umumiy eksporti hajmi $31 mln dollardan oshadi. Asosiy bozorlar – AQSH, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Yaponiya, Latviya, Turkiya, BAA va Malayziya.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
/
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi
/
Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi
Mart oyining ikkinchi yarmidan tabiiy gaz uchun yangi bazaviy me’yor amal qiladi
/
Mart oyining ikkinchi yarmidan tabiiy gaz uchun yangi bazaviy me’yor amal qiladi