O’zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 20 trillion so’mdan oshdi

Bu o'tgan oyga nisbatan 2,2 trln so’mga ko'p

O’zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 20 trillion so’mdan oshdi

Joriy yilning yanvar oyida muammoli kreditlar hajmi 3,4 trln so’mga oshib, 20 trln so’mni tashkil etdi (uning umumiy portfeldagi ulushi 4,3%ni tashkil etdi). Bu haqda O’zbekiston Markaziy banki xabar bermoqda

Shundan davlat banklariga 15,4 trln so’m to’g’ri keldi, bu joriy yilning yanvar oyi boshiga nisbatan 2,2 trln so’mga ko’pdir. Shuningdek, tijorat banklari muammoli kreditlar hajmini 4,59 trln so’mgacha oshirib, dastlabki summani 1,29 trln so’mga oshirdi.

Davlat banklari orasida eng ko’p muammoli kreditlar «Biznesni rivojlantirish banki» da aniqlandi, bu yerda muammoli kreditlar ulushi 11% va «Xalq banki»da 7,6% ni tashkil etdi.

Xususiy moliya muassasalari orasida muammoli kreditlarning yuqori foizi «Oktobank»da 75% va «Madad invest bank»da 28% qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitkoin rekord qiymatini yangiladi
/
Bitkoin rekord qiymatini yangiladi
Xitoy kompaniyasi Toshkent yo‘llarini yangilashga $300 mln sarmoya kiritdi
/
Xitoy kompaniyasi Toshkent yo‘llarini yangilashga $300 mln sarmoya kiritdi
Viloyatlararo avtobus va mikroavtobuslarga subsidiya beriladi
/
Viloyatlararo avtobus va mikroavtobuslarga subsidiya beriladi