Raqobat qo’mitasi “YandexGo UB”, “Yandex Eats” va “Express24”ni oziq-ovqat yetkazib berish va taksi bozorida monopolist deb tan oldi

Qo'mita suiiste'mol qilishning oldini olish uchun majburiy nazoratni amalga oshiradi

Raqobat qo’mitasi “YandexGo UB”, “Yandex Eats” va “Express24”ni oziq-ovqat yetkazib berish va taksi bozorida monopolist deb tan oldi

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “YandexGo UB”, “Yandex Eats” va “Express24” monopol raqamli platformalar deb e’tirof etildi.

“YandexGo UB” MChJ taksi xizmatlari bozorida, “Yandex Eats” va “Express24” MChJlar esa tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari deb tan olindi.

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi raqamli platforma operatorlari tomonidan ustun mavqedan foydalanib suiiste’mol qilishning oldini olish maqsadida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq monopoliyaga qarshi muvofiqlik tizimini majburiy ravishda joriy etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Yandex Uzbekistan” “Express24”ning ayrim aktivlarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
/
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda