Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda

Nashrning qayd etishicha, rasmiylar kompaniyaning bozorning boshqa ishtirokchilari bilan birlashishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston “Universal Mobile Systems” (“MobiUz”) mobil aloqa operatorining 100% ulushini sotishdan qariyb $300 mlnr jalb qilishni kutmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, agar “MobiUz” boshqa operatorlar bilan birlashsa, davlat potensial xaridorni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropa mamlakatlari investorlari sotib olishga dastlabki qiziqish bildirishdi.

Sotuv davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish va xorijiy kapitalni jalb qilishga qaratilgan xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Rejalarga ko‘ra, 2026-yil oxirigacha O‘zbekiston telekommunikatsiya, energetika va boshqa sohalardagi 29 ta yirik kompaniyada davlat paketlarini amalga oshirish niyatida. Birgina 2025-yilda mamlakat kamida 10 trln so‘m (taxminan $786 mln) jalb qilishni rejalashtirmoqda.

“MobiUz” sotuvi uchun tender iyun oyida e’lon qilingan edi. Rasmiy arizalarni qabul qilish 1-avgust kuni yakunlanadi. Bitim bo‘yicha maslahatchi sifatida Rothschild & Co.

Fitch Solutions (BMI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib “MobiUz” mobil aloqa bozorining 20,9% ini egallagan. Asosiy raqobatchilar — Uztelecom, Coscom va Unitel (Veon Ltd kompaniyasiga tegishli). Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Mobiuz’ning o‘tgan yilgi daromadi $164 mlnni, EBITDA ko‘rsatkichi esa $41 mlnni tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Dam olish kunlari ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ro‘yxati e’lon qilindi
/
Dam olish kunlari ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi ishtirokida quruqlik porti tashkil etiladi
/
O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi ishtirokida quruqlik porti tashkil etiladi
Yil yakuniga qadar “Toshkent metropoliteni” barcha bekatlarida 200 ta infokiosklar o‘rnatiladi
/
Yil yakuniga qadar “Toshkent metropoliteni” barcha bekatlarida 200 ta infokiosklar o‘rnatiladi