Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasi
Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining rasmiy davlat axborot agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, uchrashuv 26-sentyabr kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning rivojlanish va xalqlari farovonligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon aʼlo hazratlari bilan Abu Dabida o‘tgan uchrashuvimiz — men uchun katta sharafdir. Aʼlo Hazratlariga O‘zbekiston respublikasi prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdim, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Uning qayd etishicha, muloqot davomida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ