Toshkentda 11 ta vazirlik binosi sotuvga chiqarildi

Obyektlarning boshlang‘ich narxi qariyb 1,1 trln so‘mni tashkil etadi

Toshkentda 11 ta vazirlik binosi sotuvga chiqarildi

Vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish doirasida poytaxtda davlatga tegishli ko‘chmas mulklarni sotish boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Hozirga qadar 7 ta obyekt sotilgan. Yana 11 ta bino umumiy boshlang‘ich qiymati 1 095,8 mlrd so‘m bo‘lgan narxda auksionga chiqarilgan.

20 ta obyektni sotishdan oldingi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ular qatoridan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning binolari o‘rin olgan.

Dastur doirasida Toshkent shahridagi jami 83 ta ko‘chmas mulk obyektini sotish rejalashtirilgan. Shunday qilib, hozirga qadar 38 ta obyekt bo‘yicha sotish jarayonlari boshlangan: 7 ta obyekt sotilgan, 11 tasi auksionga chiqarilgan, yana 20 tasi sotuvga tayyorlanmoqda.

Davlat ko‘chmas mulklarini sotish Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilmoqda. Hujjatga ko‘ra, vazirliklar, idoralar va ularning tizimidagi tashkilotlarni Yangi Toshkentga ko‘chirish hamda u yerda 150 ta davlat organi va davlat ishtirokidagi tashkilotni joylashtirish nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi 83 ta ko‘chmas mulk obyekti ochiq savdolar orqali, jumladan, ijara huquqi asosida realizatsiya qilinishi kerak.

Obyektlarni sotishdan tushgan mablag‘lar Yangi Toshkentning ma’muriy infratuzilmasini qurishga yo‘naltiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirziyoyeva 2031-yilgi BMT jinoyatchilik bo‘yicha kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi
/
Mirziyoyeva 2031-yilgi BMT jinoyatchilik bo‘yicha kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi
Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
/
Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Toshkent fond birjasida $30 mln hajmdagi valyuta obligatsiyalari savdoga chiqarildi
/
Toshkent fond birjasida $30 mln hajmdagi valyuta obligatsiyalari savdoga chiqarildi