Toshkent fond birjasida $30 mln hajmdagi valyuta obligatsiyalari savdoga chiqarildi

Birjada Asia Alliance Bank va Universalbankning valyutada nominatsiya qilingan obligatsiyalari mavjud

Toshkent fond birjasida $30 mln hajmdagi valyuta obligatsiyalari savdoga chiqarildi

Respublika fond birjasi “Toshkent”da 28-sentyabrdan xorijiy valyutada nominatsiya qilingan korporativ obligatsiyalar savdosi boshlandi. Bu haqda birja matbuot xizmati ma’lum qildi.

Birjaning kotirovka varag‘iga ikki emitent — Asia Alliance Bank va Universalbankning valyutada chiqarilgan obligatsiyalari kiritildi. Ularning umumiy emissiya hajmi $30 mlnni tashkil etadi.

Asia Alliance Bank obligatsiyalari

Asia Alliance Bank 10-sentyabr kuni O‘zbekistonda valyutadagi korporativ obligatsiyalar emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi emitent bo‘ldi.

Bank 200 ming dona obligatsiya chiqargan bo‘lib, ularning har birining nominal qiymati $100ni tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar birjada AAB1B3U tickeri ostida 1095 kun, ya’ni uch yil davomida muomalada bo‘ladi.

Obligatsiyalar bo‘yicha yillik kupon stavkasi 7% etib belgilangan. Kupon to‘lovlari har chorakda amalga oshiriladi.

Universalbank obligatsiyalari

Universalbank esa har birining nominal qiymati $100 bo‘lgan 100 ming dona valyuta obligatsiyasini chiqargan.

Ular Toshkent fond birjasida UNVB1B2U tickeri ostida joylashtirilgan.

Obligatsiyalar bo‘yicha kupon stavkasi yillik 8,5% ni tashkil etadi va to‘lovlar har chorakda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarning muomala muddati 730 kun, ya’ni ikki yil etib belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirziyoyeva 2031-yilgi BMT jinoyatchilik bo‘yicha kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi
/
Mirziyoyeva 2031-yilgi BMT jinoyatchilik bo‘yicha kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi
Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
/
Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Toshkentda 11 ta vazirlik binosi sotuvga chiqarildi
/
Toshkentda 11 ta vazirlik binosi sotuvga chiqarildi