Mirobod tumanida “Westminster” universiteti atrofidagi binolar demontaj qilindi

Buzish ishlari doirasida qahvaxona va do‘kon joylashgan avtobus bekati hamda “Timekeeper” choyxona-bari yozgi ayvoni demontaj qilindi

Mirobod tumanida “Westminster” universiteti atrofidagi binolar demontaj qilindi

Toshkent shahrida noqonuniy qurilish va reklama inshootlarini buzish bo‘yicha reydlar ketma-ket ikkinchi hafta ham davom etmoqda.

30-yanvar kuni Mirobod tumani hokimiyati matbuot xizmati xalqaro “Westminster” universiteti yaqinida noqonuniy qurilmalar buzilgani haqida xabar berdi

“Yandex xaritalari” ma’lumotlariga ko‘ra, hokimiyat taqdim etgan videolarda nusxa ko‘paytirish markazi, qahvaxona va do‘kon joylashgan avtobus bekati qisman buzilgani aks etgan.

Shuningdek, “Timekeeper Westminster” barining yozgi ayvoni ham buzib tashlandi. Mazkur obyekt ko‘p qavatli turar-joy binosining birinchi qavatida joylashgan edi.

“Timekeeper” bari Rashid Bogatiryov Instagram sahifasida yozgi ayvonning buzilishi aks etgan videoni joylashtirdi. U o‘z postida:

“Restoran biznesi — bu sprint emas, balki marafon”, deb yozdi.

Shuningdek, u restoran va umumiy ovqatlanish sohasi vakillarini sabrli bo‘lishga chaqirib:

“Mana, bu yozgi ayvon ham tugatildi. Hamkasblarim, bardam bo‘ling, sabr qiling. Bu shunday davrki, uni shunchaki boshdan o‘tkazish yoki kutib o‘tirish kerak», — degan fikrlarni yozgan. 

Bogatiryov hech kimga shikoyat qilish yoki nolish kerak emasligini aytib, vaziyat o‘tib ketishiga umid bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, murojaatlardan hech qanday natija chiqmaydi.

Bundan tashqari, Yakkasaroy tumani hokimiyati ham noqonuniy qurilmalarni buzish ishlari davom etayotgani haqida ma’lum qildi. E’lon qilingan suratlarda noqonuniy o‘rnatilgan fudtreklar, yengil ko‘chma inshootlar, konteynerlar va qo‘shimcha qurilmalar olib tashlangani aks etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
“Utair” aviakompaniyasining Samarqandga parvozlari bekor qilindi
/
“Utair” aviakompaniyasining Samarqandga parvozlari bekor qilindi
2024-yilda Raqobat qo‘mitasi aviakompaniyalar xizmat sifati bo‘yicha 240 dan ortiq shikoyat qabul qildi
/
2024-yilda Raqobat qo‘mitasi aviakompaniyalar xizmat sifati bo‘yicha 240 dan ortiq shikoyat qabul qildi