14.1.2025 | 11:39
Markaziy bank “Flash Money Finance mikromoliya tashkiloti” ni mikromoliya tashkiloti sifatida litsenziya berdi
Bu yanvar oyidagi ikkinchi shunday qaror hisoblanadi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan “Flash Money Finance mikromoliya tashkiloti” mas’uliyati cheklangan jamiyati mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi va hisob ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Bu MCHJ yanvar oyidan buyon mazkur qaror bilan mikromoliya tashkilotlar reyestriga kiritilayotgan ikkinchi kompaniya hisoblanadi.
Markaziy bank yanvar oyida “UNA MOLIYA” MCHJ qo‘shma korxonasi mikromoliya tashkilotini ham reyestrga kiritgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ