O‘zbekiston chet elda ishlovchi migrantlarga subsidiya miqdori oshirildi

Shuningdek, Markaziy bank  tomonidan 4%lik 10 mln so‘mgacha mikrokreditlar beriladi

O‘zbekiston chet elda ishlovchi migrantlarga subsidiya miqdori oshirildi

22-aprel kuni O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat asosida “Xorijga ishga tayyorlash markazi” tashkil etiladi va unda “Yagona darcha” tamoyili asosida mehnat migratsiyasiga doir xizmatlar ko‘rsatiladi.

Xorijga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan va qaytayotgan fuqarolarni tashishda arzon va tartibli transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun yo‘lovchi avtobuslar soni ko‘paytiriladi.

Qaror bilan mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi.

“Xorijda ish” elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tib, tashkillashtirilgan tartibda xorijga ishga ketayotganlarga xarajatlarni qoplashga quyidagi tartibda mablag‘lar ajratiladi:

  • chet tillari yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish xarajatlari uchun (muvaffaqiyatli topshirilgan va sertifikat olinganda) — BHMning 3 baravarigacha (1,125 mln so‘m);
  • “ishchi viza»sini rasmiylashtirishga — BHMning 5 baravarigacha (1,87 mln so‘m);
  • yo‘l chiptasini xarid qilishga — BHMning 2 baravarigacha (750 ming so‘m).

Nemis, ingliz, yapon va koreys tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng ko‘p bo‘lgan 50 nafargacha o‘qituvchiga 50 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi.

Shuningdek, migrantlarga 10 mln so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi. Mablag‘lar Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4% bandga yuqori stavkada 2 yil muddatga taqdim etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi