Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim diplomlarni o‘zaro tan olish haqida bitim imzoladi

Kelishuv ta’lim sohasidagi hamkorlik va almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan

Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim diplomlarni o‘zaro tan olish haqida bitim imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati tomonidan tegishli bitim loyihasining ma’qullanishidan so‘ng ma’lum qilindi.

Hukumatlar ta’lim sohasida hamkorlikni va o‘zaro almashinuvni rivojlantirishga intilishini bildirdi.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar milliy qonunchilikka muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlarni tan oladi.

Tomonlar davlatlar hududida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni, ular ko‘rsatgan malaka umumiy oliy ta’lim tizimi talablariga mos bo‘lsa, tan olishi mumkin. Tan olishdan bosh tortish faqat oliy ta’lim tizimi talablaridagi sezilarli tafovutlar aniqlanganda mumkin bo‘ladi.

Kelishuvni amalga oshirish uchun har bir davlat vakolatli organlarni belgilaydi va bu haqda depozitariyga xabar beradi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston ishtirokchi davlatlarning oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni — ular ko‘rsatilgan mutaxassislik va malakaga muvofiq ravishda — professional faoliyat, stajirovka o‘tash va o‘qishni davom ettirish huquqini beruvchi hujjatlar sifatida tan oladi.

Qozog‘iston esa ishtirokchi davlatlarning ARWU reytingida TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiruvchi OTMlari tomonidan berilgan diplomlarni tan oladi. Bunday tarzda tan olingan diplomlar ham professional faoliyat, stajirovka va o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

Diplomlarni tan olish tartibi davlat fuqarolarining arizalari asosida amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kids Capital nima va qanday qilib bolaning kelajagi uchun kapital yaratish mumkin?
/
Kids Capital nima va qanday qilib bolaning kelajagi uchun kapital yaratish mumkin?
Transport vaziri O’zbekistonda pullik yo’llar qurilishining ahamiyatini tushuntirdi
/
Transport vaziri O’zbekistonda pullik yo’llar qurilishining ahamiyatini tushuntirdi
Prezident 2026-yilda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5% ga tushirish haqida topshiriq berdi
/
Prezident 2026-yilda kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5% ga tushirish haqida topshiriq berdi