Mark Tsukerbergning boyligi $200 mlrddan oshdi

Bu ko’rsatgich aksiyalarning qiymati o'sishi tufayli yuz berdi

Mark Tsukerbergning boyligi $200 mlrddan oshdi

Meta asoschisi va rahbari Mark Tsukerbergning boyligi kompaniya aksiyalarining o’sishi tufayli $200 mlrddan oshdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar beradi.

So’nggi ikki yil ichida “Meta” aksiyalarining sezilarli o’sishi tufayli Tsukerbergning sof boyligi deyarli olti baravar oshdi.

U Ilon Mask, Jeff Bezos va Bernard Arnodan keyin dunyodagi eng boy 500 kishi ro’yxatida to’rtinchi o’rinni egalladi.“Bloomberg” milliarderlarining so’nggi reytingiga ko’ra, Ilon Mask $272 mlrdlik boyligi bilan dunyodagi eng boy odam bo’lib qolmoqda.

Mark Tsukerberg — amerikalik media magnat, internet-tadbirkor va filantrop. “Meta” kompaniyasining hammuassisi sifatida tanilgan va uning raisi, bosh ijrochi direktori va nazorat qiluvchi aksiyador hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
/
Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi
/
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi
Statistika qo‘mitasi: yanvar-mart aholi real daromadlari uch oyda 10% ga oshdi
/
Statistika qo‘mitasi: yanvar-mart aholi real daromadlari uch oyda 10% ga oshdi