O‘zbekistonda banklarning mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi
Eng arzon foiz stavkasi Aloqabank va Ipoteka bankda qayd etildi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Markaziy bank 2025-yil 2-iyuldan boshlab banklar tomonidan aholiga taklif etilayotgan kredit turlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini muntazam e’lon qilib borishini ma’lum qildi.
Bu orqali fuqarolar turli bank takliflarini oson taqqoslab, o‘zlari uchun eng maqbul variantni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bozordagi maʼlumotlar noaniqligi kamayadi, shaffoflik oshadi, tanlov imkoniyatlari kengayadi
Barcha ma’lumotlar Kredit axboroti davlat reyestri bazasi asosida tayyorlanadi.
Amaliyot hozircha sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, bosqichma-bosqich takomillashtirilishi rejalashtirilgan.
Banklarda mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 34,9%ni tashkil qilmoqda.
Banklar bo‘yicha mikroqarz foiz stavkalari:
-
Apex bank – 40,0%
-
TBC bank – 39,1%
-
Tenge bank – 39,0%
-
Anor bank – 38,5%
-
Ipoteka bank – 38,3%
-
Davr bank – 38,2%
-
Xalq banki – 28,2%
-
Trastbank – 28,1%
-
Kapital bank – 28,0%
-
Ziraat bank – 27,9%
-
Turon bank – 27,8%
-
Agrobank – 27,8%
-
Asaka bank – 26,7%
-
BRB – 26,6%
-
MKbank – 26,3%
-
Hayot bank – 26,1%
-
OFB – 26,0%
-
NBU – 25,9%
-
Infinbank – 25,6%
-
Aloqabank – 21,4%
Taqqoslash uchun, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi: 23,7% ni, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar o‘rtacha foiz stavkasi 23,0% ni tashkil qilmoqda.
Avtokreditlar o‘rtacha foiz stavkasi 24,1% ga yetdi.
Banklar kesimida:
-
Hamkor bank – 29,0%
-
Madad Invest bank – 28,0%
-
Infinbank – 28,0%
-
Garant bank – 26,9%
-
Tenge bank – 26,9%
-
Trastbank – 26,6%
-
Ipak yo‘li bank – 26,2%
-
Poytaxt bank – 26,1%
-
BRB – 25,6%
-
Aloqabank – 25,6%
-
MKbank – 25,6%
-
Asia Alliance bank – 25,6%
-
SQB – 25,4%
-
Xalq banki – 25,3%
-
Turon bank – 25,1%
-
Davr bank – 24,8%
-
Agrobank – 24,4%
-
Asaka bank – 23,8%
-
NBU – 23,5%
-
OFB – 21,2%
-
Ipoteka bank – 21,1%
Jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar (mikroqarzlardan tashqari) 23,7% ni, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar 23,0% ni tashkil qilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ