O‘zbekistonda 442,4 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda  

Shundan kichik korxona ulushi 84,3% ni tashkil qilib, Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda 442,4 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda  

2025-yil 1-aprel holatiga, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 442,4 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shundan 372,9 mingtasi yoki 84,3% qismi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida – 22,6%, Toshkent – 9,6%, Samarqand – 8,8%, Farg‘ona – 8,1% va Qashqadaryo viloyatida – 6,5% faoliyat ko‘rsatmoqda.

2025-yil 1-aprel holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p qismi “savdo” tarmog‘ida bo‘lib, uning jami sonidagi ulushi 32,6% ni tashkil etdi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 mingtaga oshgan. 

Bu asosan, savdo sohasidagi korxonalar sonining 5,05 mingtadan 5,6 mingtaga, (o‘sish 630 taga), axborot va aloqa sohasida 917 tadan 1,1 mingtaga (o‘sish 214 taga) va qurilish sohasida 956 tadan 1,1 mingtaga (o‘sish 190 taga) ko‘payishi bilan bog‘liq.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
/
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
/
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi
/
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi