O’zbekistonda kichik AES qurilishi bo’yicha protokol imzolandi

Kuzda kelajakdagi olti blokli AES uchun infratuzilma yaratish ishlari boshlanadi

O’zbekistonda kichik AES qurilishi bo’yicha protokol imzolandi

Joriy yilning 26 iyun kuni «O’zatom» atom energiya agentligi rahbariyati va «Rosatom» Davlat korporatsiyasi bosh direktorining birinchi o’rinbosari Andrey Petrovning tashrifi doirasida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo’yicha shartnoma kuchga kirishi to’g’risida bayonnoma imzolandi. Bu haqda atom energiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya kuzda bo’lajak olti blokli AES uchun infratuzilmani yaratish bo’yicha ishlar boshlanadigan uchastkani ko’zdan kechirdi. 

Qurilish shtabi shartnomani amalga oshirish uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdi, bu esa qurilish maydonchasida o’z vaqtida ish boshlashga imkon beradi, shu jumladan quruvchilar uchun shaharcha va barcha zarur infratuzilmani yaratish.

Shuningdek, «O’zatom» rahbariyati ishtirokida AES qurilishi bo’yicha joriy yilning 27 mayida tuzilgan shartnoma kuchga kirishi to’g’risida bayonnoma imzolandi. Hujjatni «O’zatom» atom energiyasi agentligi atom elektr stansiyasini qurish direksiyasi direktori Otabek Amanov va «Atomstroyeksport» Markaziy Osiyoda atom elektr stansiyasini qurish loyihalari direktori Pavel Bezrukov imzoladilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
/
O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
/
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi