O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 669 ming so‘m deb belgilandi 

2025-yilda minimal iste’mol xarajatlari 3,2% ga oshdi

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 669 ming so‘m deb belgilandi 

2024 yil dekabr oyida may oyiga nisbatan hisoblangan inflatsiyadan kelib chiqib, 2025 yil uchun minimal iste’mol xarajatlari bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘m deb belgilandi. Bu haqda Statistikalar agentligi xabar bermoqda

Bu – 2024 yil 1-mayda e’lon qilingan qiymat (648 ming so‘m)dan 3,2% ga, bir yil oldin – 2024-yilning yanvaridagi qiymat (568 ming so‘m)dan esa 7,7% ga yuqori. Vaholanki, agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilgi inflatsiya 7,7% dan ko‘proq – 9,8% bo‘lgan.

Bandlik vazirligi 2025-yil 2- fevral kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yil yakuniga ko‘ra kambag‘allik darajasi 11% dan 8,9% ga kamaygan. Yil davomida kambag‘allar soni 719 ming nafarga kamayib, yil yakunida 3,3 mln kishini tashkil etgan.

Dunyo amaliyotida minimal iste’mol ko‘rsatkichi ko‘pincha qashshoqlik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi, bu esa moddiy va ijtimoiy yordamga muhtoj aholi guruhlarini aniqlashga yordam beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
/
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda