Raqobat qo‘mitasi “Jizzax suv ta’minoti” kompaniyasiga nisbatan noqonuniy tariflar uchun ish qo‘zg‘atdi

Kompaniya jarima to‘lashi va iste’molchilarga 168 mln so‘mni qaytarishi lozim

Raqobat qo‘mitasi “Jizzax suv ta’minoti” kompaniyasiga nisbatan noqonuniy tariflar uchun ish qo‘zg‘atdi

Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Jizzax suv ta’minoti” AJ kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Bu haqida Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.

Tekshiruv davomida tariflar qo‘llanish tartibi buzilishi tufayli 4 ulgurji va 573 xususiy iste’molchidan ichimlik suvi yetkazib berish xizmatlari uchun 151,1 mln so‘m, kanalizatsiya xizmatlari uchun esa 17,6 mln so‘m noqonuniy undirilgani aniqlangan. Umumiy noqonuniy daromad miqdori 168,8 mln so‘mni tashkil qilgan.

Qo‘mita ushbu ma’lumotlar asosida ish qo‘zg‘atib, kompaniyaga jarima solgan va iste’molchilarga 168,8 mln so‘mni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma bergan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi