Kim Nam Sok O’zbekistonning Janubiy Koreyadagi IT yo‘nalishi faxriy elchisi etib tayinlandi

U ilgari respublikada AKT bo'yicha vazir o'rinbosari va maslahatchisi bo'lgan

Kim Nam Sok O’zbekistonning Janubiy Koreyadagi IT yo‘nalishi faxriy elchisi etib tayinlandi

Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko’ra, Kim Nam Sok O’zbekistonning Janubiy Koreyadagi IT yo’nalishi bo’yicha faxriy elchisi etib tayinlandi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Kim Nam Sok o’rtasidagi uchrashuvda O’zbekistonda IT sohasidagi joriy loyihalar, IT-kompaniyalar uchun shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imtiyozlar, shuningdek, IT va xizmatlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

1980 yildan 1993 yilgacha Kim Nam Sok Janubiy Koreya davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirining birinchi o’rinbosari bo’lib ishlagan.

2013 yildan 2017 yilgacha u O’zbekistonda AKT bo’yicha maslahatchi bo’lib ishlagan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari bo’lib ishlagan. Uning rahbarligida «elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
/
O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
/
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi