Regulyator inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

Uning yordamida inflyatsiyaning sotib olish qobiliyatiga ta’sirini bilish mumkin

Regulyator inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

Markaziy bankning rasmiy veb-saytida “Inflyatsiya kalkulyatori” ishga tushirildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kalkulyator yordamida ma’lum ixtiyoriy vaqt oralig‘ida inflyatsiyaning pul qiymatiga (sotib olish qobiliyatiga) ta’sirini baholash mumkin.

Buning uchun kerakli davr va pul miqdori tanlab olinadi, undan keyin iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymati hisoblanadi

Ma’lumotlar Statistika agentligi tomonidan hisoblangan iste’mol narxlari indeksining oylik hisoboti asosida taqdim etiladi.

“Inflyatsiya kalkulyatori” veb-saytning bosh sahifasi hamda “Pul-kredit siyosati” bo‘limida joylashgan.

Shuningdek, kalkulyator belgilangan davr uchun quyidagi ma’lumotlarni hisoblaydi:

  • yig‘ilgan inflyatsiya (foizda);
  • davr uzunligi;
  • o‘rtacha oylik inflyatsiya (foizda);
  • o‘rtacha yillik inflyatsiya (foizda).

Xususan, 1999-yilning dekabr oyidan boshlab, hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davr uchun pul miqdorining yakuniy narxini aniqlashi mumkin. Masalan, 1999-yilning so‘nggi oyida 100 ming so‘m bo‘lgan iste’mol savati qiymati 2025-yilning yanvar oyida 1 mln 233 ming 914 so‘mga teng bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Bank OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi
/
TBC Bank OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi
Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklar qancha dam olishi ma’lum bo‘ldi
/
Mustaqillik kunida o‘zbekistonliklar qancha dam olishi ma’lum bo‘ldi
Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish haqida nizom tasdiqlandi
/
Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish haqida nizom tasdiqlandi