Filadelfiyada O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochildi
Shuningdek, “Ecomarble” kompaniyasi bilan AQShga $10 mlnlik pardozbop tosh yetkazib beradi
Savdo sanoat palatasi
AQShda O‘zbekistondan keltirilgan qurilish materiallari uchun yangi savdo uyi ochilgani haqida Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shourum va ombor Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida joylashgan. Ombor maydoni 850 kvadrat metrni tashkil etib, ko‘rgazma zalida 60 dan ortiq turdagi mahsulotlar doimiy ravishda namoyish etilmoqda.
Tadbirkorlar uchun qulay bo‘lishi maqsadida joy tanlashda port, avtomobil va temir yo‘llarga yaqinligi hisobga olingan. Savdo uyining ochilish marosimi 5-aprel kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Halimjon Safarov, AQSh quruvchilari va logistika kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar. Marosim davomida Navoiy viloyatidagi “Ecomarble” kompaniyasidan AQShga pardozbop tosh yetkazib berish bo‘yicha $10 mln qiymatidagi shartnoma imzolandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ