O‘zbekistonda chet el marketpleyslari va striming platformalari ro‘yxatdan o‘tishi shart  

2025-yil iyuldan boshlab faqat ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar mamlakatda faoliyat yurita oladi

O‘zbekistonda chet el marketpleyslari va striming platformalari ro‘yxatdan o‘tishi shart  

Elektron tijorat operatorlari uchun yangi talablar belgilandi. Bu haqida qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi

Endilikda faqat yuridik shaxslar – O‘zbekiston rezidentlari elektron tijorat operatori (elektron savdo maydonchasi, buyurtma agregatori va raqamli oqim xizmatlari operatorlari) sifatida faoliyat yuritishi mumkin. 

Bunda o‘z axborot resurslari yoki platformasi orqali faqatgina tovarlar (ishlar, xizmatlar) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot taqdim etuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar elektron tijorat operatorlari deb hisoblanmaydi.

2025-yil 1-iyuldan e-tijorat operatorlari faoliyati xabarnoma yo‘li bilan amalga oshiriladi. Faoliyatni amalga oshirish uchun sub’ektlar quyidagi shart va talablarga rioya qilishlari kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi sifatida ro‘yxatdan o‘tish;
  • elektron tijorat, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, iste’molchilar huquqlari, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
  • vakolatli davlat organining talabiga binoan faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul taqdim etish;
  • chakana savdo qoidalariga rioya qilish;
  • ishni kerakli darajada ta’minlaydigan axborot tizimiga ega bo’lish va hokazo.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
Namanganda xitoylik investorlar $530 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi
/
Namanganda xitoylik investorlar $530 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi