Janubiy Koreya kompaniyasi Farg’onada elektromobillarni quvvatlovchi qurilmalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, ushbu kompaniya maktablar uchun aqlli doskalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi

Janubiy Koreya kompaniyasi Farg’onada elektromobillarni quvvatlovchi qurilmalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda

Farg’ona viloyatida Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillarni zaryadlovchi qurilmalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kompaniya 1995-yilda tashkil topgan bo‘lib, ta‘lim texnologiyalari (EdTech), sog‘liqni saqlash va elektr transport vositalarini (EV) zaryadlash qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniya rahbari Ku Gi Do O‘zbekistonda ham hamkorlikda biznes qilish istagi borligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida “AHA Co., Ltd” kompaniyasi bilan viloyatda maktablar uchun smart doskalar hamda elektromobillar uchun zaryadlovchi stansiya qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
/
Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
/
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi
/
Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi