O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

Xususan, 201 kVt/soatdan 500 kVt/soatgacha elektr energiyasiga 900 so‘mdan emas, 800 so‘mdan to‘lanadi

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari isteʼmolchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 194-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Xususan, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-may sanasiga ko‘chirildi.

Qolaversa, 201 kVt soatdan 1000 kVt soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha isteʼmol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Yaʼni 2025-yil 1-maydan aholi isteʼmolchilari 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kVt soatdan 1000 kVt soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).

Bir oyda o‘rtacha 500 kVt soat miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025-yilning 1-mayiga qadar 360 ming so‘m to‘lar edi (200 kVt soat bazaviy norma uchun 90 ming so‘m, 201 kVt soatdan 500 kVt soat uchun 270 ming so‘m). Tarif o‘zgarishlaridan so‘ng bir oyda o‘rtacha 500 kVt soat tok ishlatadigan xonadon buning uchun 360 ming so‘m to‘laydi (200 kVt soat bazaviy norma uchun 120 ming so‘m, 201 kVt soatdan 500 kVt soat uchun 240 ming so‘m).

Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10% dan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi