“Dovut ota” nazorat-o‘tkazish punktidagi cheklovlar 2025-yil oxirigacha uzaytirildi

Qozog‘iston bilan chegaradagi o‘tkazish punkti qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi tufayli yopiqligicha qoladi

“Dovut ota” nazorat-o‘tkazish punktidagi cheklovlar 2025-yil oxirigacha uzaytirildi

Qozog‘istonning “Tajen” (Qoraqalpog‘istondagi “Dovut ota”) chegara o‘tkazish punkti orqali chegarani kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklov 31-dekabrgacha uzaytirildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nazorat-o‘tkazish punktlari orqali harakatlanish postni rekonstruksiya qilish uchun 1-fevraldan uch oyga to‘xtatilgandi. Keyinroq jarayon 1-sentabrgacha uzayishi ma’lum qilingandi.

Cheklov jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va ruxsat etilgan og‘irligi 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga taalluqli. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.

Qozog‘iston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, muddatning uzaytirilishi mazkur o‘tkazish punktlarida ikkinchi bosqich qurilish ishlari, xususan, ma’muriy binolarda kapital ta’mirlash hamda yo‘l qoplamalarida betonlash ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq.

Qo‘mita jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi
/
Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi
O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviaparkni 180 ta samolyotgacha kengaytiradi
/
O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviaparkni 180 ta samolyotgacha kengaytiradi
UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi
/
UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi