O’zbekistonda davlat mulkini ijaraga berish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksga qo'shimchalar kiritildi

O’zbekistonda davlat mulkini ijaraga berish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mulkini ijaraga berish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytiradigan qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar beradi.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksga o’zgartirishlar kiritildi.

Davlat mulkini ijaraga berishdagi qoidabuzarliklar, masalan, shartnoma tuzmasdan ijaraga berish, ijarachiga kirishni cheklash yoki shartnomada mulkning noto’g’ri parametrlarini ko’rsatish, endi mansabdor shaxslar uchun 5 dan 10 BHMgacha (1,7 mlndan 3,4 mln so’mgacha) jarima solishga sabab bo’ladi.

Agar yil davomida takroriy qoidabuzarlik sodir etilsa, jarima 10 dan 15 BHM gacha (3,4 mlndan 5,1 mln so’mgacha) bo’lishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
/
O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
/
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi