O‘zbekistonlik Datatruck Series A bosqichida $12 mln investitsiya jalb qildi

IT Park Ventures portfelidagi startap mablag‘larni mahsulotni rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqishga yo‘naltiradi

O‘zbekistonlik Datatruck Series A bosqichida $12 mln investitsiya jalb qildi

IT Park Ventures portfeliga kiruvchi Datatruck startapi Series A investitsiya raundida $12 mln mablag‘ jalb qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Datatruck AQSh yuk tashish bozoriga mo‘ljallangan yangi avlod transport boshqaruvi tizimi (TMS) hisoblanadi. Platforma hujjat aylanishi, moliyaviy hisobot va aloqa jarayonlarini avtomatlashtirib, ularni yagona interfeysda birlashtiradi. Tizim logistika kompaniyalari xarajatlarini kamaytirish va moliyaviy shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Startap asoschisi Shohruh Rahmonovning ta’kidlashicha, jalb qilingan investitsiyalar mahsulotni kengaytirish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Kompaniya Kanada va Meksika bozorlariga chiqishni, shuningdek, Shimoliy Amerikadagi faoliyatini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Strategiya yuzlab va minglab yuk mashinalariga ega yirik korporativ mijozlarni jalb qilishni ko‘zda tutadi.

Loyihaning texnik qismi, jumladan sun’iy intellekt asosidagi yechimlar O‘zbekistondagi jamoa tomonidan ishlab chiqilmoqda. Operatsion faoliyat esa AQShda olib boriladi. Hozirda tizim 9 mingdan ortiq bank bilan integratsiya qilingan bo‘lib, 100 dan ziyod transport kompaniyalari tomonidan foydalanilmoqda.

Avvalroq Datatruck boshqa investitsiya bosqichlarida ham mablag‘ jalb qilgan. Xususan, IT Park Ventures — $200 ming, Aloqa Ventures — $300 ming, Domino Ventures — $100 ming, Silkroad Angels Club — $170 ming sarmoya kiritgan. Oldingi bosqichlarda jami $770 ming investitsiya jalb qilingan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Carlyle Group “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishi mumkin
/
Carlyle Group “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishi mumkin
MrBeast o‘zbek auditoriyasi uchun til kordinatorini izlamoqda
/
MrBeast o‘zbek auditoriyasi uchun til kordinatorini izlamoqda
2025-yilda Toshkent ofis bozori barqaror natija qayd etdi
/
2025-yilda Toshkent ofis bozori barqaror natija qayd etdi