Click to’lov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi

1 iyuldan boshlab O'zbekistonda barcha to'lov tizimlari aksiyadorlik jamiyatlari shaklida bo'lishi kerak

Click to’lov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi

Click to’lov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi. Bu haqda Kap Depo investitsiya kompaniyasi xabar bermoqda.

Investitsiya kompaniyasi Click’ni mas’uliyati cheklangan jamiyatning (MCHJ) tashkiliy shaklidan aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) aylantirish jarayonida yordam beradi.

KAP DEPO ushbu transformatsiya jarayonini amalga oshirishda O’zbekistonning eng yirik to’lov tashkiloti — Clickni to’liq qo’llab — quvvatlaydi, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, 2023-yil noyabr oyida O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil iyul oyi boshidan boshlab to’lov tizimlari operatorlari va to’lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) shaklida faoliyat yuritishi kerakligi haqidagi qarorni imzolagandi. 

Yangi talablarga muvofiq to’lov tizimlarining ustav kapitali shu yilning 1 iyulidan boshlab 50 mlrd so’mni, tashkilotlar uchun esa 10 mlrd so’mni tashkil qilishi kerak. 2025 yil 1 iyuldan boshlab tashkilotlarning ustav kapitali 20 mlrd so’mgacha oshirilishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
/
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
/
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi
/
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi