O’zbekiston va Janubiy Koreya qo’shma IT biznes-alyansini tashkil etadi

Tomonlar tegishli bitimni imzoladilar

O’zbekiston va Janubiy Koreya qo’shma IT biznes-alyansini tashkil etadi

O’zbekiston va Janubiy Koreya O’zbekiston-Koreya IT biznes-alyansini tashkil etish to’g’risida bitim imzoladilar. Bu haqda IT-Park matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda imzolangan bitimga ko’ra, Koreya va O’zbekistonda IT-xizmatlarning O’zbekistondan Koreya bozoriga eksportini oshirish, kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish va O’zbekistonni istiqbolli autsorsing yo’nalishi sifatida ilgari surish maqsadida qo’shma IT-vakolatxonalar tashkil etiladi.

Shuningdek, alyans Koreya bozorida o’z loyihalari va xizmatlarini ilgari surishdan manfaatdor bo’lgan o’zbekistonlik kompaniyalarga amaliy yordam beradi. Tadbir doirasida «Seoul Digital Foundation» va «Miso Information Technology» ushbu IT biznes alyansining birinchi ishtirokchilari bo’ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
/
O‘zbekistonda 37 ta tumanda oilaviy tadbirkorlik kreditlari 12%gacha arzonlashadi
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
/
Mamlakatdagi 903 ta mahallada kichik quyosh stansiyalari quriladi
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi