Xorijiy banklar Markaziy bankda akkreditatsiya uchun hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi

Regulyator hujjatlardagi kamchiliklarni 5 ish kunida tuzatish imkonini beradi

Xorijiy banklar Markaziy bankda akkreditatsiya uchun hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi

2025-yil 6-mayda Markaziy bankning O‘zbekistonda xorijiy banklarning vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, xorijiy bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun hujjatlarni topshirishda ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan, noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, Markaziy bank xatolarni bartaraf etish va ma’lumotlarni to‘ldirish uchun kamida 5 ish kuni muddat beradi. Bu davrda arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi.

Shuningdek, aniqlashtirilishicha, Markaziy bankka kelib tushgan arizalar ular taqdim etilgan kunda ro‘yxatga olinadi va ariza beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ariza qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuboriladi. Agar ariza ish kuni tugagandan keyin yoki dam olish va bayram kunlari berilgan bo‘lsa, ariza berilganidan keyingi birinchi ish kuni ariza qabul qilingan sana hisoblanadi.

Hujjat 2025-yil 7-maydan kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TTZ dahasigacha bo’lgan Toshkent metropoliteni yo’nalishi ikki bosqichda quriladi
/
TTZ dahasigacha bo’lgan Toshkent metropoliteni yo’nalishi ikki bosqichda quriladi
O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
Rossiya 30-iyundan xorijliklar uchun raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etmoqda
/
Rossiya 30-iyundan xorijliklar uchun raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etmoqda