“Air China” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo’lga qo’ydi
Reyslar haftada uch marta amalga oshiriladi

Xitoyning “Air China” milliy aviatashuvchisi Pekin — Toshkent — Pekin yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi va bu orqali ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirdi, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
19-iyul kuni soat 19:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga aviakompaniyaning birinchi reysi kelib qo‘ndi. Boeing-737 laynerida yetib kelgan ekipaj va yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va gullar bilan kutib olindi.
Parvozlar haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Kompaniya iyul oyi boshida O‘zbekistonda muntazam parvozlari uchun ruxsat olgandi.
“Air China” — Xitoyning eng yirik va asosiy aviatashuvchisi bo‘lib, u jahoning 6 qit’asiga, jumladan. 210 dan ortiq yo‘nalish bo‘ylab parvozlarini amalga oshiradi. “Star Alliance” a’zosi hisoblanadigan kompaniya 1988-yilda tashkil etilgan va Pekin aeroportida joylashgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ