O‘zbekiston aholisining 2024-yilda inflyatsiya kutilmasi 14,4% ga yetdi

Natija 2025-yilning dekabriga qadar narxlar o‘rtacha 13,9% ga oshishi kutilmoqda

O‘zbekiston aholisining 2024-yilda inflyatsiya kutilmasi 14,4% ga yetdi

O‘zbekistonliklar joriy yil yakunlariga ko‘ra inflyatsiyaning 14,4% gacha o‘sishini kutmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada ma’lum bo‘ldi

Unga ko‘ra, aholining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan 0,7% ga oshgan. 

Tadbirkorlar inflatsiya ko‘rsatkichlariga biroz optimistik munosabatda bo‘lishdi. Ularning prognozlariga ko‘ra, 2025-yilning dekabriga qadar narxlar o‘rtacha 13,9% ga oshadi. Biznes egalarining inflyatsion kutilmalari oy davomida 1,2% ga oshgan. 

Respondentlar va biznesmenlarning fikricha, narxlarning oshishiga elektr energiyasi va yoqilg‘ining qimmatlashishi, kommunal tariflarning oshishi, valyuta kurslarining o‘zgarishi eng katta hissa qo‘shmoqda. 

Toshkent aholisi eng yuqori inflyatsion kutilmalarga ega. Ular bir yilda narxlarning 19,1% ga o‘sishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek, Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari aholisi yuqori inflyatsiyani kutmoqda.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijon viloyatlari aholisi eng optimistik kayfiyatda.

Poytaxt tadbirkorlari fikricha, yillik inflyatsiya 16,9% ni tashkil etadi. Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi ishbilarmonlar yil davomida narxlar 15% atrofida ko‘tarilishini kutmoqda, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonlik biznes egalari esa bu ko‘rsatkich 11,5% dan 12,4% gacha bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

Shuningdek, daromadi 2 mln so‘mdan kam va 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan o‘zbekistonliklar yuqoriroq inflyatsiyani kutishmoqda.

Inflyatsiya darajasi 2024-yil dekabr oyida o‘tgan 12 oyda tahmin qilinganidan 0,6% ga oshdi. Hozirda  ko‘rsatkich 14,7% ga yetdi – bu yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. So‘rovnoma o‘zbekistonliklar eng ko‘p go‘sht va sut mahsulotlari, yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlarining oshganini qayd etishgan. 

Dekabr oyida Markaziy bank jami 2,7 ming jismoniy shaxs va 1,6 ming tadbirkor o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi
/
Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metropoliteni quriladi
O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qonuniy taksi bozorining hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi
O‘zbekiston-BAA o‘rtasida hamkorligida “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO quriladi
/
O‘zbekiston-BAA o‘rtasida hamkorligida “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO quriladi