Afg‘onistonda O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarini ro’yxatdan o’tkazish muddati 1 oyga qisqartiriladi

Shuningdek, afg’on yoshlari Termizda stomatologiya sohasida ta’lim oladi

Afg‘onistonda O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarini ro’yxatdan o’tkazish muddati 1 oyga qisqartiriladi

May oyidan boshlab Afg‘onistonda Savdo-sanoat palatasining to‘rt nafar rasmiy vakili ish boshlaydi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

5−8 aprel kunlari Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Uning tarkibiga farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va kompaniya vakillari bor. Tashrifning ilk kunida Kobulda afg‘onistonlik tadbirkorlar hamda biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralarda Afg‘oniston bozorida farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan talab, dori-darmon vositalarini reklama qilish qoidalari va huquqiy asoslari hamda mamlakat hududida mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

6-aprel kuni delegatsiyaning Afg‘oniston Savdo vaziri Nuriddin Azizi bilan kechgan uchrashuvda tomonlar parrandachilik, to‘qimachilik sanoati kabi sohalardagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Transport va logistika tarmoqlarini rivojlantirish, tovar yetkazib berish zanjirini soddalashtirish va optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Natijada savdo-sotiqda to‘siq bo‘layotgan muammolarni muntazam hal etish bo‘yicha aniq mexanizm joriy etishga kelishildi. Uning doirasida har 15 kunda mavjud to‘siq va muammolar ko‘rib chiqilib, yechimi yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Savdo vaziriga axborot beriladi va joyida hal etiladi.

Muzokaralar va bozor tahlili natijasida 2025-yil oxirigacha ikki tomonlama eksport hajmini $2 mlrdga yetkazish uchun yetarli imkoniyat mavjudligi qayd etildi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi farmatsevtika mahsulotlarini bir martalik import qilishga ruxsat berganini, dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga esa bir oyda ruxsat berilishini qayd etdi.

O‘zbekistonning Kobuldagi savdo uyi rahbari Afg‘oniston hukumati o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan ishlashni va mahalliy mahsulotlarni import qilish istagida ekanligini ta’kidladi.

“Boshqa bozorlar bilan solishtirganimizda, bu yerda [Afg‘onistonda] ishlash uchun juda katta imkoniyatlar bor. Tovarni olib kirasiz va pulni sanaysiz, bo‘lgani”, — dedi O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Yorqin Malikov.

Davron Vahobov mahalliy tadbirkorlarni Afg‘oniston bozorida hamkorlik qilishga chaqirib, farmatsevtika sohasi yaxshi natija berganini ta’kidladi. Ikki haftada bir marta turli soha vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyuradi.

Joriy yilning may oyidan boshlab Afg‘oniston hududida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 4 nafar rasmiy vakili o‘z faoliyatini boshlaydi. Qo‘shimcha ma’lumot va amaliy yordam olish uchun palataning +998 78 150 60 06 hamda +998 97 877 00 58 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, Afg‘oniston tomoni Termiz shahrida stomatologiya bo‘yicha mutaxassis yoshlarni o‘qitish, aholiga stomatologik xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish hamda 20 ga yaqin filial ochish bo‘yicha taklif bildirildi. Ushbu tashabbus minglab fuqarolarni tish muammolaridan xalos qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Farmasevtika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha esa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, tadbirkorlar tomonidan Afg‘onistonda dori-darmon vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati olti oydan bir oyga qisqartirilishi , shuningdek, bir marta import qilishga ruxsat berish tartibi joriy etish takliflari ilgari surildi. Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi