Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi

Javonlar xalqaro va mahalliy terminallar uchun 24/7 rejimida ishlaydi

Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi

Xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarida yo‘lovchilar o‘z yuklarini tashlab, shaharda vaqt o‘tkazishi mumkin bo‘lgan avtomatik javonlar o‘rnatildi.

Xalqaro terminalda yuklarni saqlash javoni jo‘nash terminalining birinchi qavatida joylashgan (4-chi kirish/chiqish eshigi yonida). Javon 24/7 rejimida ishlaydi va yuklarni saqlash narxi bagaj hajmiga qarab 1 soat uchun 15 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha etib belgilangan. 

Ruxsat etilgan o‘lchamlar standarlari quyidagicha:

  • kichik 60x50x80 sm;
  • o‘rta – 90x50x80 sm;
  • katta – 180x50x80 sm.

Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari o‘rtasida joylashgan va u ham 24/7 ishlaydi. 

Yuklarni saqlash narxi barcha turdagi bagaj uchun soatiga 10 000 so‘m etib belgilangan. 

ruxsat etilgan o‘lchamlar quyidagicha: 

  • kichik – 43x50x34 sm;
  • standart – 60x50x80 sm.

Avtomatik yuklarni saqlash javoni uchun to‘lov saqlash joyi tanlab, naqd pul yoki bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Ushbu yuklarni saqlash joylari E-auksion.uz platformasidagi auksion yakunlari bo‘yicha o‘rnatilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
/
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbari bo‘ldi
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi
/
O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi