“Uzbekistan Airports” Toshkent aeroportida taksi xizmatlari uchun auksion e’lon qildi

Barcha auksionlar 3-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi

“Uzbekistan Airports” Toshkent aeroportida taksi xizmatlari uchun auksion e’lon qildi

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida yo‘lovchi va bagaj tashish xizmatlarini (taksi xizmati) tashkil etish huquqini beruvchi bir nechta lotlarni auksionga qo‘ydi.

Talabgorlar texnik shartlar bilan E-auksion veb-saytida “Lot hujjatlari” bo‘limidan olishlari mumkin.

Barcha ishtirokchilar belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishlari shart, deyiladi xabarda.

Jami, har bir nuqtaning maydoni 3 kv.m bo‘lgan, beshta xizmat nuqtasi (1-son lot, 2-son lot, 3-son lot, 4-son lot, 5-son lot) ochish rejalashtirilgan. Kv.m. uchun ijaraning boshlang‘ich qiymati 1 mln so‘m (QQSsiz) etib belgilanadi.

Yuqoridagi barcha auksionlar joriy yilning 3-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon bozorida oltin narxi ilk bor $3,6 mingdan oshdi
/
Jahon bozorida oltin narxi ilk bor $3,6 mingdan oshdi
Abror Turg‘unov “Poytaxt bank” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
/
Abror Turg‘unov “Poytaxt bank” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
O‘zbekiston davlat qarzi $43 mlrddan oshdi
/
O‘zbekiston davlat qarzi $43 mlrddan oshdi