30.10.2024 | 16:32
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun tushmoqda
Markaziy bank tomonidan 31 oktyabr kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 31 oktyabr kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 774,34 (-10,63) so’mni tashkil etdi, yevro esa 17,88 so’mga ko’tarilib 13 848,66 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 607,92 so’m (+13,03);
- rubl — 132,17 (+0,72);
- Xitoy yuani — 1 793,22 (+1,93);
- Yaponiya iyenasi — 83,46 so’m (+0,12);
- Qozog’iston tengesi — 26,14 so’m (+0,10).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ