20.5.2024 | 16:28
O’zbekistonda dollar va yuandan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank tomonidan 21 may kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

Фото: Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 21 may kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 687,70 so’mni (-7,17) tashkil etdi, yevro esa 23,94 so’mga ko’tarilib 13 790,26 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 119,72 so’m (+53,09);
- rubl — 140,03 so’m (+0,55);
- Xitoy yuani — 1 754,31 so’m (-2,38);
- Yaponiya iyenasi — 81,48 so’m (+0,02);
- Qozog’iston tengesi — 28,63 so’m (+0,06).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ