O‘zbekiston 2025-yilda qiymati $3,7 mlrd bo‘lgan 18 ta energiya stansiyasini ishga tushiradi
“Yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 mlrd kilovatt soatga yetadi
2025-yilda qiymati $3,7 mlrd bo‘lgan 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari hamda 1,8 ming megavattli saqlash tizimlari ishga tushiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada, kelgusi yili “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 mlrd kilovatt soatga yetadi.
Bu bilan 5 mln xonadonning bir yillik iste’moliga teng va 6,5 mln tonna zararli gazlarni atmosferaga chiqarishning oldi olinadi.
Kelgusi 2 yilda xususiy tadbirkorlar bilan birga 2 mingdan ortiq kichik va mikro-GESlar tashkil qilish bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi. Yana 5 yilda esa “yashil loyiha”lar ulushini 5 barobarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Bu borada texnikumlarda sanoat korxonalari bilan dual ta’lim tizimi, 5 ta oliygohda ilg‘or muhandislik maktablari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston 2030-yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54% ga yetkazish rejalashtirilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ