️Yuridik shaxslar qayta davlat ro‘yxatidan o‘tganda soliq undirilmaydi

Shuningdek, sug‘urtalovchilar ayrim sudlarda davlat bojini to‘lamaydi

️Yuridik shaxslar qayta davlat ro‘yxatidan o‘tganda soliq undirilmaydi

2025-yilning 13-yanvar kuni “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi

Unga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgartirib, qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, sug‘urtalovchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’vo yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. 

Bunda sug‘urtalovchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiquvchi da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bukmekerlik o‘yinlariga qaram bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati yuritiladi
/
Bukmekerlik o‘yinlariga qaram bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati yuritiladi
“Yo‘lreftrans” fond birjasida listingdan o‘tdi
/
“Yo‘lreftrans” fond birjasida listingdan o‘tdi
O‘zbekistonda ikki kunlik o’sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi
/
O‘zbekistonda ikki kunlik o’sishdan keyin dollar kursi pasayib ketdi