YTTB O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni moliyalashtirish uchun $30 mln ajratadi

Mablag‘lar Hamkorbank orqali tadbirkorlar va uy xo‘jaliklarining energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi

YTTB O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni moliyalashtirish uchun $30 mln ajratadi

YTTB Hamkorbankka ekologik kreditlashni rivojlantirish maqsadida $30 mlngacha kredit ajratadi. Bu haqda moliya tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.

Ajratilayotgan mablag‘lar bankka mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda xususiy uy xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish imkonini beradi. Qarz oluvchilar ushbu mablag‘larni ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish uchun ishlatishi mumkin bo‘ladi.

Tashabbus “Yashil iqtisodiyotini moliyalashtirish dasturi”ning ikkinchi bosqichi — “GEFF II Uzbekistan” doirasida amalga oshiriladi. Loyiha Kanada hukumati tomonidan Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha Yuqori ta’sirli hamkorlik (“HIPCA”) orqali imtiyozli hamkorlikda moliyalashtiriladi.

Mazkur hamkorlik donorlar tarkibiga Avstriya, Finlyandiya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shveysariya, Tayvan, Buyuk Britaniya va AQSH kiradi.

Bugungi kunga qadar YTTBning O‘zbekistondagi umumiy investitsiyalari $6,6 mlrddan oshdi. Bank jami 196 ta loyihani moliyalashtirgan bo‘lib, ularning asosiy qismi xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
/
2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
Toshkent metropoliteni Yangi yil bayramida harakat jadvalini e’lon qildi
/
Toshkent metropoliteni Yangi yil bayramida harakat jadvalini e’lon qildi
Metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘tadi
/
Metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘tadi