Yil davomida mamlakatda $35 mlrdlik 8,3 mingta loyiha ishga tushiriladi

Top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga $20 minggacha imtiyozli ta’lim krediti beriladi

Yil davomida mamlakatda $35 mlrdlik 8,3 mingta loyiha ishga tushiriladi

Kapital.uz xabar berganidek, bugun Prezident Miryoyev ishtirokida yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlanicha, bu yil $35 mlrdlik 8,3 mingta loyiha ishga tushirilib, 292 mingta ish o‘rni yaratiladi. Yana 500 mingta ish o‘rni yaratadigan $83 mlrdlik loyihalar rejalashtirilgan.

Masalan, energetikada $20 mlrd, neft-gaz va kimyoda $11 mlrd, tog‘-konda $7 mlrd, elektrotexnika va avtomobilsozlikda $4,5 mlrdlik minglab korxonalar ishga tushadi.

Ishlar boshlanishi bilan “yashil” iqtisodiyot, “yashil” energiya, raqamli geologiya, texnologik minerallar, bio-injeneriya yo‘nalishlarida minglab mutaxassislarga talab paydo bo‘ladi.

Banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga $20 minggacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka $300 mln ajratildi.

Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 mln yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.

Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
/
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yengillik berilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda