2026-yildan o‘zini o‘zi band qilganlar va YATTlarga soliq hisoboti soddalashtiriladi

Shuningdek, jismoniy shaxslarga mol-mulk ijarasi uchun stavkani to‘ldirish talabi bekor qilindi

2026-yildan o‘zini o‘zi band qilganlar va YATTlarga soliq hisoboti soddalashtiriladi

Adliya vazirligi soliq hisobotlari shakllariga kiritilgan o‘zgarishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YATTlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun 1% lik aylanmadan olinadigan soliq joriy etilishi munosabati bilan soddalashtirilgan hisobot shakli tatbiq etiladi.

Shuningdek, quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan va umumiy tarmoqqa sotilgan elektr energiyasidan olinadigan foyda uchun nol soliq stavkasi qo‘llanishi hisobot shakllariga kiritildi.

Yana bir muhim o‘zgarishga ko‘ra, xalq deputatlari kengashlariga tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib ijara stavkalariga 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyent joriy etish huquqi berilgan. Shu sababli jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavka to‘ldirilishi bekor qilinmoqda.

Mazkur o‘zgarishlar 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
/
Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi