JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi

AQSh elchixonasida suhbatdan o‘tish uchun FIFA orqali olingan rasmiy chipta talab etiladi

JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi

O‘zbekiston fuqarolari FIFA World Cup 2026ni tomosha qilish uchun AQShga borishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, viza jarayonidan o‘tish uchun rasmiy chipta sotib olganini tasdiqlashi kerak. Bu haqda Embassy of the United States in Uzbekistan ma’lum qildi.

Asosiy talab — o‘yinlar uchun chiptani faqat FIFA rasmiy sayti orqali xarid qilish. Ariza topshiruvchi FIFA saytida shaxsiy kabinetga kirib, FIFA PASS rozilik formasini to‘ldirishi va ma’lumotlarni xorijga chiqish pasporti bilan to‘liq mos tarzda kiritishi lozim.

Viza jarayoni U.S. Department of State portalida boshlanadi. Bu yerda ariza beruvchi yashash mamlakatini tanlab, DS-160 shaklini to‘ldiradi. Anketadagi ma’lumotlar FIFA tizimidagi ma’lumotlar bilan to‘liq mos bo‘lishi shart.

Shundan so‘ng nomzod suhbat vaqtini band qiladi, fotosurat yuklaydi va konsullik yig‘imini to‘laydi. Agar barcha ma’lumotlar mos kelsa, FIFA PASS tizimi orqali suhbat vaqtini soddalashtirilgan tartibda tanlash mumkin bo‘ladi.

Elchixona ta’kidlashicha, o‘yin chiptasi viza avtomatik berilishini anglatmaydi. Barcha ariza beruvchilar odatiy xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tadi va suhbatda savollarga aniq va to‘g‘ri javob berishi lozim.

Shuningdek, 2026-yil 10-apreldan boshlab Diversity Visa Lottery DV-2027 bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi: nomzodlar pasport sahifalari skanlarini yuklashi va yanada aniq biografik ma’lumotlar taqdim etishi talab etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank may oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
/
Markaziy bank may oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
Geologiya va tog‘-kon sohasiga $30 mlrddan ortiq investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Geologiya va tog‘-kon sohasiga $30 mlrddan ortiq investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi
/
O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi