O’zbekiston 2025-yilda “Yashil Makon” loyihasiga 100 mlrd so’m ajratadi

Dasturga daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sug‘orish xarajatlari ham kiritilga

O’zbekiston 2025-yilda “Yashil Makon” loyihasiga 100 mlrd so’m ajratadi

Prezident raisligida o’tkazilgan yig’ilishda 2025-yilda “Yashil Makon” loyihasini amalga oshirish uchun 100 mlrd so‘m mablag’ yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

2020-yilda koʻkalamzorlashtirish darajasi 8% bo’lgan bo’lsa, hozirda bu ko’rsatkich 12%ga yetdi. Orolboʻyida yashil qoplamalar maydoni 2 mln gektardan oshdi.

Prezident ayrim hududlarda sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan yerlarga ko‘chatlar ekilayotgani, kesilgan daraxtlar o‘rniga yangilari o’tqazilmayotganini keltirib o’tdi. Shuningdek, O‘zbekiston iqlimiga moslashgan ko‘chatlar sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Yig’ilishga ko’ra, daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sug‘orish xarajatlari ham loyiha dasturiga kiritiladi.

Sug‘orish tizimida 2 ta tajribaga asosan 27 ta tumanda sug‘orish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qaziladi. G‘allaorol tumanidagi tog‘larda qor-yomg‘ir suvini yig‘uvchi 10 ta geo-membrana o‘rnatilib, daraxtlarni sug‘orish tizimi yaratiladi. 

Shuningdek, bahorda 14 ta tumanning tog‘ va adir qiyaliklarida qavat-qavat shaklda, terrasa uslubida 500 gektarga daraxt ekish boshlanadi.

Shu bilan birga, viloyat hokimliklariga “Mening bog‘im” loyihasi doirasida yashil bog‘ yaratish uchun kamida 1 gektar, yashil jamoat parki uchun esa yarim gektardan yer ajratiladi. Barcha obodonlashtirish bo‘limlari 20 tadan sug‘orish mini-texnikasi bilan ta’minlanadi.

Ushbu maydonlar ekish mavsumigacha “Ochiq budjet” portaliga qo‘yilib, daraxt turlari bo‘yicha tavsiya va ularning narxi ko‘rsatiladi. Bunda, parvarishlashda mas’uliyatsizlik qilgan shaxslarni mobil ilova orqali ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
/
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda
/
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda